Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga berilayotgan yegulik ichidan tabletka chiqqani aytilmoqda

Saqlash
21:25 / 14.04.2023 2067 0

Ijtimoiy tarmoqlarda ota onalarning Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanidagi 5-maktabda 13-aprel kuni o‘quvchilarga berilayotgan oziq ovqat mahsulotlari ichidan tabletka chiqqanidan e’tiroz bildirgani haqida xabar tarqaldi.

 

Ular bunday salbiy holatlar birinchi marta bo‘lmayotgani, bolalarining antisanitariya holatdagi mahsulotlar bilan zaharlanishlarini xohlamasliklarini aytgan.

 

Xabarda maktab rahbariyati ta’minotchi “OOO Tabassum NUKUS” oziq-ovqat mahsulotlarini qoplamasiz berayotganini ma’lum qilgan.

 

Ellikqal’a tumani hokimligi axborot xizmati holat bo‘yicha tuman prokuraturasi va SES xodimlari o‘rganish o‘tkazgani haqida xabar berdi.

 

Keltirilishicha, “OOO Tabassum NUKUS” 267 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun olib kelgan oziq ovqat mahsulotlarini maktab ishchi guruhi qabul qilgan. Holat yuzasidan ekspertiza xulosasini olish uchun mahsulotlar namunasi Qoraqalpog‘iston Davlat sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga yuborilgan.

 

Tahlil natijalari chiqqandan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//