
Jamiyat
Bugun, 14-aprel kuni Samarqandda MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Hamdo‘stlik mamlakatlari tashqi siyosat idoralari vakillari, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi Bosh kotibi Sergey Lebedev ishtirok etyapti.
Yig‘ilishda O‘zbekistonning Samarqand va Toshkent shaharlarining 2024-yilda MDHdagi maqomlari belgilandi.
Unga ko‘ra, Hamdo‘stlikning 2024-yilgi madaniy poytaxti maqomi Samarqand shahriga, yoshlar poytaxti maqomining esa Toshkent shahriga beriladi.
«Bu O‘zbekistonning MDH doirasida o‘zaro hamkorligimizdagi faol ishtirokining yorqin dalilidir», – deydi Lebedev.
«Sputnik» nashriga ko‘ra, ushbu masala MDH davlat rahbarlari kengashi muhokamasiga kiritiladi.
Ma’lumot uchun, MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi 12-oktabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tadi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q