Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Shuhrat Abdurahmonovga tegishli deya taxmin qilinayotgan intim video tarqalgandi. Andijon viloyati hokimligi “insonning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitilishiga olib keluvchi ma’lumotlar” tarqatganlik holati bo‘yicha prokuratura organlariga shikoyat arizasi yuborilganini ma’lum qildi.
“Internet tarmog‘ida Sh.Abdurahmonov aks etganligi iddao qilingan video tarqalishi ortidan ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim sahifalarda viloyat hokimining sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda obro‘sizlantiruvchi haqoratomuz postlar e’lon qilingan. Shu sababli insonning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitilishiga olib keluvchi ma’lumotlar tarqatganlik holati bo‘yicha prokuratura organlariga belgilangan tartibda shikoyat arizasi yuborildi”, — deyiladi hokimlik axborotida.
Qayd etilishicha, hozirda qonunga xilof bunday ma’lumotlar tarqatgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Hokimlik axborot xizmati o‘z bayonotida amaldagi Konstitutsiyaning 13-moddasida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishini eslatib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati hokim Shuhrat Abdurahmonov ishdan ketgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Keyinchalik mazkur xabarlar tasdiqlanmadi. Ushbu jarayonlar fonida Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati Abdurahmonov ishda ekanini ko‘rsatuvchi suratlarni e’lon qildi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q