Toshkent davlat agrar universitetining 21 yoshli talabasi vafot etdi

Saqlash
15:57 / 14.04.2023 2075 0

Joriy yil 12-aprel kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida 21 yoshli yigit sport klubida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

 

Ta’kidlanishicha, soat 22:15 da Yangiyo‘l tumanida yashagan, Toshkent davlat agrar universitetining 2-bosqich talabasi D.A. Yangiyo‘l shahri tibbiyot birlashmasining qabul bo‘limiga olib kelingan.

 

Marhum D.A.ning Yangiyo‘l shahri “Ramadan” MFYda joylashgan sport klubida sog‘lig‘i yomonlashib qolgan va shu yerning o‘zida vafot etgan.

 

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotnomasiga ko‘ra, uning o‘limi o‘tkir yurak yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqqani va unda tan jarohatlari mavjud emasligi qayd etilgan.

 

Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l shahri prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//