Jamiyat
“Maʼnaviyat festivali” doirasida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar Sirdaryo viloyatida boʻlib oʻtmoqda.
Viloyatning qator hududlarida oʻtkazilayotgan tadbirlarda “Maʼnaviyat festivali” ishtirokchilari, “Maʼrifat” targʻibotchilari jamiyati aʼzolari, ziyolilar hamda aholi vakillari ishtirok etmoqda.
Soʻzga chiqqan ziyolilar Konstitutsiyadagi oʻzgarishlar, moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga koʻpayayotgani, Konstitutsiya matni 65 foizga yangilangani haqida fikr yuritmoqda. Xususan, Yangi Konstitutsiyada har kimning uy-joyli boʻlish huquqi belgilanayotganiga alohida urgʻu berilmoqda.
Poytaxtdan kelgan mehmonlar ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, ularga esdalik sovgʻalari topshirdi. Shuningdek, madaniyat markazlari va taʼlim muassasalariga ham tashrif buyurilib, aholi, ayniqsa, yoshlar uchun targʻibot ishlari olib borilmoqda.
Mehmonlarning chiqishlari va diltortar kuy-qoʻshiqlar ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlamoqda. Bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar viloyat boʻylab davom etmoqda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q