Jamiyat
Toshkent shahar Yunusobod tumanida xalqaro terroristik tashkilot aʼzolari boʻlgan uch nafar erkakka sud hukmi oʻqildi.
Toshkent shahar sudlarining maʼlum qilishicha, 1995—1996—1999-yilda tugʻilgan sudlanuvchilar bir guruh boʻlib, belgilangan tartibni buzib, chet elga chiqish, aholi tinchini buzish, terrorizm va shunga oʻxshash boshqa holatlar bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etgan. Shuningdek, ular qoʻlbola usulda yasaluvchi portlovchi uskuna va moddalarni yasashni oʻrganish maqsadida guruhga birlashgan. Ular xalqaro terroristik tashkilotning gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlab kelgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudida diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish, qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekistonga kirish, terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida oʻquvdan oʻtish, chiqish yoki harakatlanish; Oʻzbekistonning konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish, terrorizmni moliyalashtirish, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topilgan shaxslarga oid jinoyat ishi koʻrib chiqildi.
Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q