Iqtisod
O‘zbekiston Jahon banki bilan 296 mln dollar miqdorida 4 ta bitim imzoladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Jahon banki bilan O‘zbekistonda ijtimoiy obektlarda energiya samaradorligini oshirish uchun 143 mln dollar, barqaror o‘rmonchilik va o‘rmon landshaftlarini tiklash loyihasi uchun 142 mln dollarlik qarz bitimlari imzolangan.
“Shuningdek, ikkinchi loyiha doirasida tadbirlar va konsultativ xizmatlarni moliyalashtirish uchun yana 2 ta: 8 mln va 3 mln dollarlik grant bitimlari imzolandi.
Ushbu bitimlar yurtimizda yashil energiyadan keng foydalanish hamda ekologik toza muhitga erishishga xizmat qiladi”, - deydi Jamshid Qo‘chqorov.
Ijtimoiy obektlarda energiya samaradorligini oshirish uchun 143 mln dollarlik qarz bitimi “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasi doirasida imzolangan.
Aprel oyi boshida Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston binolari uchun toza energiya” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori imzolangandi.
Hujjatda loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan O‘zbekistonga 143mln dollar qarz ajratilishi nazarda tutilgandi.
Shunday qilib, bu qarz mablag‘lari O‘zbekistonga 30 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan ajratilgan.
Loyiha doirasida maktabgacha, maktab va sog‘liqni saqlash sohalarida 800 dan ziyod muassasalarni modernizatsiya etish rejalashtirilgan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q