Jamiyat
“Yangi O‘zbekiston” va boshqa davlat dasturlari doirasida qurilgan massivlarning bo‘sh yerlarida ko‘p qavatli uy-joylar qurishni davom ettirish va 2023-yilda qurish hajmlarini 90 mingtaga yetkazish taklif etilmoqda.
Bunda:
– 38 ta “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 31 mingta, boshqa davlat dasturlaridagi massivlarda 8 mingta, xususiy pudrat tashkilotlari hisobidan 51 mingta kvartiralar qurilishi belgilanmoqda;
– “Yangi O‘zbekiston” massivlarini kengaytirish hamda 9 ta yangi massivlarni tashkil qilish uchun 140 ga qishloq xo‘jaligi yerlarining toifasi o‘zgartirilmoqda va hokimlar zimmasiga ajratiladigan yerlarning 5 baravari miqdorida yangi yerlarni o‘zlashtirish vazifasi yuklanmoqda;
– massivlarning ichki yo‘llarini qurish Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi zimmasiga yuklanmoqda;
– temir-beton korxonalarida zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilishi va buning uchun “Sanoat qurilish bank” ATB tomonidan 10 million dollar kredit liniyasi ajratilishi belgilanmoqda.
Shuningdek, Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, qurilish, adliya, iqtisodiyot va moliya idoralari vakillaridan iborat Ishchi guruh tomonidan “Renovatsiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilishi belgilanyapti. Hududlarda suv, oqova, elektr, gaz, yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga investor-developerlarni jalb qilish, shuningdek, seysmik xavfsizlik va qurilishda nazoratni kuchaytirish bo‘yicha alohida qaror loyihalari ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q