Jamoatchilikning yana bir gʻalabasi: “Madaniyat va maʼrifat” telekanali oʻzgarmaydigan boʻldi

Saqlash
19:26 / 13.04.2023 1198 0

Avvalroq, Prezident qarorining loyihasiga asosan Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi “Madaniyat va maʼrifat” telekanali “Karvon” nomi bilan qayta nomlanib, Madaniyat va turizm vazirligi tasarrufiga oʻtkazilishi haqida xabar berilgandi. Bu oʻzgarish jamoatchilik eʼtirozlariga sabab boʻlgach, madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov telekanal nomida oʻzgarish boʻlmasligini maʼlum qildi.

 

“Hafta davomida trendga chiqqan “Madaniyat va maʼrifat” telekanali atrofidagi fikr-mulohazalar millatimiz ziyolilari, teleijodkorlar yuragida yigʻilib qolgan dardlarni ham oshkor qildi”, – deydi vazir.

 

Shu munosabat bilan u oʻzi uchun quyidagi masalalarni alohida belgilab olganini bildirdi:

 

– telekanal nomini oʻzgartirmaslik;
– ilmiy-maʼrifiy, adabiy-badiiy loyihalarni saqlab qolish va rivojlantirish;
– moddiy-texnik baza masalasiga yechim topish;
– mehnatga munosib haq toʻlash masalasini hal qilish;
– badiiy va hujjatli filmlar, umuman, barcha janrdagi mediamahsulotni efirga uzatishda litsenziya bilan bogʻliq masalalar.
– Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun kanalimizga aʼzo boʻling.

 

Ozodbek Nazarbekovning taʼkidlashicha, “bu va boshqa yondosh masalalar bosqichma-bosqich hal etilishi lozim, bu jarayonlarda esa butun jamoa birlashishi, bahs-munozara maydonida koʻrsatgan qatʼiyatini ish maydonida ham namoyon etishi zarur”.

 

Eslatib o‘tamiz, Oyina.uz portalida “Kimgadir kerak boʻlmagan madaniyat va maʼrifat bizga kerak!” sarlavhali maqola eʼlon qilingandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//