Jamiyat
IIV Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan ayollarni xorijiy valyutada baholab, intim xizmatlar koʻrsatish uchun sharoit yaratib bergan hamda yosh qizlarni chet mamlakatlarga olib borib, tazyiq va zoʻravonlik ostida majburan shahvoniy ekspluatatsiya qilib kelgan guruhlar faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 7-mart kuni Tezkor-qidiruv departamenti Jinoyat-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida 3,2 ming dollar evaziga Boʻstonliq tumanidagi dala hovlilardan biriga mijoz bilan jinsiy aloqa qilish uchun qoʻl ostidagi qizlardan 5 nafarini olib kelib berayotgan jinoiy guruh qoʻlga olingan.
Shuningdek, 28-mart kuni oʻtkazilgan tadbirda esa kuzatuvda boʻlgan yana bir guruh ikki ayolni Rossiyaning Qozon shahriga fohishalikda ishlatish uchun Fargʻona xalqaro aeroporti orqali yuborayotganida ushlangan.
4-aprel kuni boʻlsa, Toshkent va Xorazm viloyatlarida yashovchi ikki nafar qizni Dubayga yuborayotgan jinoiy guruh aʼzolari qoʻlga olingan.
Hozirda ushbu guruhlar tomonidan shahvoniy ekspluatatsiya qilish maqsadida olib ketilgan boshqa qizlarning shaxsini aniqlashga doir tadbirlar davom etmoqda. Aniqlangan holatlar boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q