Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalarini mutaxassisligi boʻyicha ishlashiga imkoniyat yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Unga koʻra:
oliy taʼlim muassasalari talabalarini ikkinchi kursdan (ayrim taʼlim yoʻnalishlarida ikkinchi kursdan keyingi kurslardan) boshlab oliy taʼlim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi boʻyicha oʻqishdan boʻsh vaqtida ishlashiga ruxsat etiladi;
haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq toʻlanadigan stajirovka oʻtayotgan talabalarni ishga qabul qilishda sertifikat talab qilinmaydi;
talabalarni sertifikat asosida mutaxassisligi boʻyicha ishlashiga faqat oliy taʼlim muassasasida oʻqiyotgan davrida ruxsat etiladi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga quyidagilarni nazarda tutuvchi talabalarga mutaxassisligi boʻyicha ishlash huquqini beruvchi sertifikat berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifalari yuklanadi:
sertifikat beriladigan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati;
sertifikatni taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qaysi kursdan boshlab berilishi;
sertifikatni berishda inobatga olinadigan holatlar.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqish davrida mutaxassisligi boʻyicha ishlashini inobatga olib, 2024-yilga qadar xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatorini hamda malaka darajalariga erishish sxemasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish choralarini koʻrishi taklif etilmoqda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q