Jamiyat
Buxoro viloyati Vobkent tumanida 9-sinf oʻquvchisi retro dizayndagi elektromobil yaratdi.
Elektromobilga 12 voltli toʻrtta akkumulyator oʻrnatilgan. Oʻt oldirilganda tabloda “Oq yoʻl” yozuvi paydo boʻladi.
Avtomobil kaliti yoʻqolib qolgudek boʻlsa, uni egasi barmoq izi vositasida ham oʻt oldira biladi. Boshqalar bunday qila olmaydi. Mashina toʻliq oʻzbek tilida dasturlashtirilgan.
Turistik zonalarga moʻljallangan bu elektromobil ayni damda soatiga 50 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Zarur texnik ishlar bajarilsa, tezlikni soatiga 100 kilometr va hatto undan ham oshirish mumkin. Elektrokar quyosh paneli, shuningdek, elektr toki vositasida ham quvvatlanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111922
Jamiyat
94694
Jamiyat
90696
Jamiyat
75429
Jamiyat
//
Izoh yo‘q