“Xadichai Kubro” ayol-qizlar madrasasi yangi binoga ko‘chib o‘tdi

Saqlash
21:53 / 12.04.2023 2131 1

11-aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga tashrif buyurib, ushbu madrasaning yangi binosi ochilishi marosimida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qildi.

 

Ma’lumot uchun, ta’lim muassasasining yangi binosi 15 ta o‘quv xonasi, 1 ta majlislar zali, 1 ta umumiy dars o‘tish xonasi, shuningdek, kutubxona, qiroatxona, informatika va arxiv xonadan tashkil topgan. O‘quv binosidagi har bir xona maxsus fanlarga ixtisoslashgan bo‘lib, xususan, tafsir, fiqh, hadis, arab tili, islom tarixi, aqoid, tahfizul Qur’on, xorijiy tillar, tikuvchilik xonalariga muvofiq jihozlangan. Bundan tashqari, muassasa hududida 50 kishiga mo‘ljallangan talabalar turar joyi ham bo‘lib, unda barcha zarur shart-sharoitlar muhayyo etilgan.

1 Izoh

Mohira shukirova

12:01 / 01.01.1970

Fiqh va aqoid darslari madrasada o‘qitiladimi

Izoh qoldirish

//