Markaziy bank karta tranzaksiyalari bo‘yicha fuqarolarni firibgarlardan ogohlantirdi

Saqlash
19:41 / 12.04.2023 981 0

O‘zbekiston Markaziy banki fuqarolarni karta tranzaksiyalarini bekor qilish bo‘yicha fuqarolarni firibgarlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

 

Qayd etilishicha, shu kunlarda ayrim fuqarolar tomonidan ularga “Markaziy Bank Uzbekistan” nomli foydalanuvchi tomonidan kartadagi mablag‘lar firibgarlik yo‘li bilan yechilishining oldini olish maqsadida karta tranzaksiyalarini bekor qilish uchun Telegram-botga kirish lozimligi yuzasidan xabar kelganini bildirib, haqiqatdan ham ushbu bot va xabar Markaziy bankka tegishli ekaniga aniqlik kiritishni so‘rab murojaat qilmoqda.

 

Markaziy bank mazkur xabar va bot O‘zbekiston Markaziy bankiga hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.

 

“Fuqarolardan ushbu xabarlarga eʼtibor bermaslik va hech qanday havolaga kirmaslik so‘raladi. Faqat rasmiy manbalarga tayanish tavsiya etiladi”, — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil may oyida Markaziy bank keng tarqalgan onlayn firibgarlik sxemasi haqida ogohlantirgandi. Aldash sxemasi:

 

– firibgarlar pul mukofoti yutib olingani haqida xabar berib uni olish uchun Telegram messenjeri orqali havola yuborishadi;

– havola orqali saytga kirilganida bank karta raqami va amal qilish muddatini kiritish so‘raladi;

– barcha ma’lumotlar kiritilishi bilan ular bank kartani to‘liq boshqarish huquqiga ega bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//