Jamiyat
Mirobod tumanida joylashgan 110-maktabning 8-sinf o‘quvchisi vafot etgani haqida xabar berilgandi. Hodisa joyida janjal yoki kelishmovchilik sodir bo‘lmagani aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan bergan rasmiy munosabatida bildirdi.
Joriy yilning 10-aprel kuni Mirobod tumanidagi 110-maktabning 8-sinf o‘quvchisi M.S. 5 soat o‘qigan, darsdan so‘ng maktab hovlisida vafot etgan. Maktab kuzatuv kamerasi videoyozuvlari o‘rganilganida hodisa joyida janjal yoki kelishmovchilik sodir bo‘lmagani aniqlangan.
Sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, M.S.ning o‘limiga “oshqozon osti beziga keng ko‘lamli qon quyilishi, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi, o‘ng ko‘z yonida shilinma, ichki a’zolari to‘laqonligi, bosh miya va o‘pkalar shishi” sabab bo‘lgan.
“M.S. 8-sinfning a’lochi va namunali o‘quvchilaridan bo‘lgan. Bevaqt vafoti munosabati bilan uning ota-onasi hamda barcha yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, deyiladi boshqarma bayonotida.
Hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q