Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Unda aytilgan taklif va tashabbuslar boʻyicha yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etishga qaratilgan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari” dasturi ishlab chiqiladi.
Dasturda yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bandligini taʼminlash, ularni IT, xorijiy til, zamonaviy kasblarga oʻqitish, sportga jalb qilish, xorijdagi yoshlar bilan ishlash, milliy va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari nazarda tutiladi.
Dasturda sohada erishiladigan aniq maqsadli indikatorlar belgilanadi.
– Yoshlar bilan ishlash barcha rahbarlarning, keng jamoatchilikning, butun jamiyatimizning eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi, – dedi davlatimiz rahbari.
Prezident bu borada parlament vakillari, mahalliy kengashlar deputatlari, siyosiy partiyalar, ziyolilar, nuroniylar, mahalla faollarini ham qattiq bel bogʻlab, yoshlar tarbiyasi, ularning muammolarini hal qilish bilan astoydil shugʻullanishga chaqirdi.
Yigʻilish davomida hudud va soha rahbarlarining axboroti tinglandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q