Maʼnaviyat va maʼrifat markazi faoliyati tubdan oʻzgarishi shartligi taʼkidlandi

Saqlash
23:19 / 11.04.2023 3537 3

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

 

Unda globallashuv sharoitida yoshlar tarbiyasi va ongiga tahdidlar tobora kuchayib borayotgani qayd etildi.

 

Misol uchun, oʻtgan yili huquq-tartibot idoralari tomonidan 86 ta noqonuniy “virtual hujralar” aniqlangan. Bular faqat mamlakatimiz hududida tashkil etilganlari.

 

Oliygohlar rektorlari talabalari darsdan keyin nima bilan shugʻullanishi bilan qiziqmayotgani, ijodiy kechalar, sport oʻyinlari, madaniy tadbirlar bilan talabalarning boʻsh vaqtini boyitmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

 

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi faoliyati ham tubdan oʻzgarishi shartligi taʼkidlandi. Markazning birorta internet platformasi yoki ijtimoiy tarmoqlarda loyihasi yoʻqligi, yoshlar qiziqishlarini inobatga olmay, qamrovi va taʼsirchanligi past boʻlgan turli-tuman anjuman va davra suhbatlari oʻtkazish bilan ovora boʻlib qolgani tanqid qilindi.

 

Shu bilan birga, byudjet hisobidan yaratiladigan badiiy asarlar, multfilm, serial va kinolar, sahna asarlari xususiy sektor va xorijiy kontentlar bilan raqobat qila olishi zarur.

 

Mutasaddilarga yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, ularga sogʻlom fikr va motivatsiya berishga qaratilgan kontentlarni koʻpaytirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga ixtisoslashgan alohida telekoʻrsatuvlar tashkil qilish, xorijdagi yoshlarimizga koʻmak berish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish topshirildi.

3 Izohlar

Husanboy

12:01 / 01.01.1970

Oilalik talablarni oʻz viloyatida oʻqishi uchun oʻqishni koʻchirishga amaliy yordam koʻrsatilsa va 0.5 stavka ish bilan taʼminlansa yaxshi boʻlar edi.

Adham Normirzayev

12:01 / 01.01.1970

Mening nazarimda Anthropologiya,sotsiologiya,psixologiya,madaniyatshunoslik,falsafa,ma'naviyat asoslari,Milly istiqlol g'oyasi,jurnalistika,diplomatiya,huquqshunoslik kabi sohalarga yoshlarni qiziqtirish kerak

Elbek

12:01 / 01.01.1970

Ma'naviyatni maktabda yanada rivojlantirishga e'tibor berish kerak. Ayniqsa olis xududdagilarga yanada e'tibor berish kerak.

Izoh qoldirish

//