Siyosat
Yigʻilishda “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarini ishlatish tizimi ham oʻzgarishi maʼlum qilindi.
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi yoshlarni ko‘proq kasbga, tadbirkorlikka o‘rgatib, bandligini ta’minlashga xizmat qilishi kerak bo‘lsa-da, hokimlar atigi 10 foiz mablag‘ni bandlikka yo‘naltirgan, “Yoshlar daftari” orqali ko‘rsatiladigan 25 ta yordamning 5 tasidan foydalanmoqda. Shu sababli:
- endi yoshlarga kasbga o‘qish, mehnat quroli, urug‘-ko‘chatga subsidiya kabi turdosh xizmatlardan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyati yaratiladi;
- urug‘ va ko‘chat uchun 2,5 million so‘m o‘sha hududdagi urug‘-ko‘chat xo‘jaliklaridan sotib olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi;
- “Yoshlar daftari” bilan ishlashda yoshlarni animatsiya, dizayn, logistika operatori, gid kabi zamonaviy kasblarga o‘qitishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Bu tizim bilan maktablarning 10-11-sinf o‘quvchilari ham qamrab olinadi;
- bundan buyon “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘ining kamida 40 foizi aynan kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltiriladi;
- joriy yilda zamonaviy kasblarga o‘qitish uchun 100 milliard so‘m ajratiladi va kamida 25 ming nafar yosh o‘qitiladi. Ehtiyojga qarab, bunga yana mablag‘ ajratiladi.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Siyosat
Sport
Madaniyat
111694
Jamiyat
94649
Jamiyat
90640
Jamiyat
75189
Jamiyat
//
Izoh yo‘q