Yangilanayotgan Konstitutsiyada tadbirkorlar va xususiy mulk huquqi himoyasi kuchaytiriladi

Saqlash
20:41 / 11.04.2023 1197 0

10-aprel kuni Toshkentdagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida “Konstitutsiyaviy islohotlar doirasida tadbirkorlar va xususiy mulk huquqi himoyasi kafolatlarini kuchaytirish” mavzusida xalqaro davra suhbati tashkil etildi.

 

Davra suhbatida 100 ga yaqin tadbirkorlar, xalqaro ekspertlar, Gruziya davlati Biznes-ombudsmani, tadbirkorlik sohasida faoliyat yurituvchi oʻnga yaqin uyushmalar vakillari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

 

 

 

Unda yangilanayotgan Konstitutsiyada tadbirkorlikka oid kiritilayotgan oʻzgarishlarning mazmun mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida fikr-mulohazalar oʻrtaga tashlandi.

 

Yangilanayotgan Konstitutsiya loyihasida tadbirkorlik faoliyati erkinligi, xususiy mulk daxlsizligi, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti taʼminlanishiga oid oʻzgarishlar ham mavjud. Xususan, Konstitutsiyaning 41, 63, 65, 67 va 68-moddalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar orqali davlat tomonidan bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish; xususiy mulk himoyalanishi, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhit hamda shart-sharoitlar taʼminlanishi, monopolistik faoliyat qonun bilan tartibga solinishi va cheklanishi belgilanmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//