Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 9-aprel kuni maktabgacha ta’lim tashkilotida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida tarbiyalanuvchilarga jo‘r bo‘lib ayttirilgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat yuzasidan Maktabgacha ta’lim agentligi Matbuot xizmati munosabat bildirdi.
Mazkur videoda maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimi tomonidan referendum doirasida o‘tkazilayotgan tashviqot tadbirlaridan ruhlanib, tarbiyalanuvchilarga tushuncha berishga uringanlik holatini kuzatish mumkin.
“Ushbu holat yuzasidan respublikadagi barcha maktabgacha ta’lim sohasidagi hudud vakillariga ogohlantirishlar berilib, bu kabi holatlarni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi”, deyiladi Maktabgacha ta’lim agentligi xabarida.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112440
Jamiyat
95103
Jamiyat
91329
Jamiyat
76020
Jamiyat
//
Izoh yo‘q