Jamiyat
Nozim Baxtiyorovich Husanov O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Nozim Xusanov 2022-yili Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan ushbu lavozimga tayinlangan edi.
Bunga qadar u 2019-yil 12-sentabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ham faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Nozim Husanov 2016-yilda Toshkent shahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2017-yildan Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2018-yilda Toshkent shahrining Sergeli tumani hokimi lavozimlarida ham ishlagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q