Jamiyat
“Oʻzgidromet” rahbari 12—14-aprel kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, 12-aprel kuni Oʻzbekiston hududiga quruq va issiq havo kirib kelishi boshlanadi. 13—14-aprel kunlari respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 30-35 darajagacha, shimolda, janubda va choʻl hududlarda 37 darajagacha koʻtariladi.
12—14-aprelda respublika hududi boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi kutilmoqda. 12—14-aprelda Qoraqalpogʻiston Respublikasida; 13—14-aprelda Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida baʼzi joylarda shamol 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q