Bugun poytaxtning 3 ta tumani tabiiy gaz taʼminotidan vaqtinchalik uziladi

Saqlash
14:59 / 11.04.2023 829 0

Taʼmirlash ishlari tufayli bugun Uchtepa va Shayxontohur tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.

 

Uchtepa tumani Beshqayragʻoch va TKAD koʻchalari kesishmasida joylashgan yuqori bosim gaz quvuriga gaz hisoblagichini oʻrnatish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

Shu sababli joriy yilning 11-aprel kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar quyidagi tabiiy gaz isteʼmolchilarida gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.

 

Shundan Shayxontohur tumani aholi isteʼmolchilari:

 

– “Ming terak” MFYda joylashgan 10 ta koʻp qavatli uylardagi jami 120 ta aholi xonadonlarida;

– Yangi turar-joy majmuasidagi 72 ta aholi xonadonlarida;

– Koʻksaroy koʻchasidagi 30 ta uy xoʻjaliklarida.

 

Shayxontohur tumani ulgurji isteʼmolchilari:

 

– Koʻksaroy majmuasi, “Fayz” milliy taomlari, Tilomsaroy, Fatx qushxonasi, “Lider gaz” MChJ (AGTKSH), “Ibn sino” toʻyxonasi MChJ, “EKSPAK Pres” MChJ, “Muborak mebel” MChJ, “GOʻSHT SUT” korxonasi, “Chashmir” choyxonasi, “Razetka kabel” MChJ, “Ilyos keramika” MChJ, “AKMAL BALIQ” CHP, “Uxod biznes” MChJ, “AKMAL UMID BARAKA” MChJ jami 15 ta ulgurji isteʼmolchilarda.

 

Shundan Uchtepa tumani aholi isteʼmolchilari:

 

– “Koʻksaroy”, “Oʻrikzor”, “Zarafshon” MFYlardagi jami 4 600 ta uy xoʻjaliklarida va 2 ta koʻp qavatli uylardagi jami 60 ta aholi xonadonlarida hamda hududdagi 120 ta ulgurji isteʼmolchilarida.

 

Shuningdek, taʼmirlash ishlari tufayli ertaga Yashnobod tumanining ayrim joylarida ham tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.

 

Shu sababli joriy yilning 11-aprel kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar quyidagi tabiiy gaz isteʼmolchilarida gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.

 

Shundan aholi va ulgurji isteʼmolchilari:

 

– Gʻalabaning 40 yilligi 3-4 mavzesida joylashgan 30 ta koʻp qavatli uylardagi jami 1 200 ta aholi xonadonlarida;

– “A.Temur” MFY, Ulugʻbek, Furqat, Choʻlpon koʻchalaridagi jami 120 ta uy xoʻjaliklarida hamda ulgurji isteʼmolchilarida.

 

Maʼlum qilinishicha, taʼmirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//