Oʻzbekistonda ayollar koʻpmi yoki erkaklar? Statistika agentligi respublika doimiy aholisi soni boʻyicha maʼlumot berdi

Saqlash
14:51 / 11.04.2023 791 0

Statistika agentligi axborot xizmati Oʻzbekistonda ayollar soni erkaklar sonidan 235 mingga kamroq ekanligini maʼlum qildi.

 

Maʼlumotlarga koʻra respublikaning doimiy aholisi 36 million 197 ming 781 kishini tashkil etadi. Unda ayollar soni 17 million 981 ming 152 kishiga, erkaklar soni esa 18 million 216 ming 629 kishiga teng.

 

2023-yilning 1-aprel holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 235 477 nafarga koʻproq.

 

Maʼlumot uchun, 2023-yilning 1-yanvar holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 232 210 nafarga koʻp boʻlgan. Mazkur davrda aholi soni 36 million 024 ming 946 kishini tashkil etgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//