«Tashabbusli budjet»da 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan loyihalar uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi

Saqlash
17:04 / 10.04.2023 1077 0

«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2023 yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln. so‘m mablag‘ ajratiladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar bermoqda.

 

Bunda, qo‘shimcha 1 182 ta mahalla bo‘yicha 4,3 mln. nafar fuqaro ovoz bergan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.

 

Shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport muassasalarini ta’mirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan loyihalar tahlili o‘tkazilib, 2024 yil uchun budjet so‘rovida ularni ta’mirlash, jihozlash va xarid qilish xarajatlarini ro‘yxatga kiritish ko‘zda tutiladi.

 

Natijada, respublikadagi 164 ta maktab, 30 ta bog‘cha va 32 ta tibbiyot muassasalarida ta’mirlash, jihozlash va boshqa loyihalarda belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 304,6 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish