Jamiyat
Markaziy bank Oʻzbekistonda 2023-yil yanvar–mart oylarida muomalaga chiqarilgan naqd pullar hajmi 2,2 trillion soʻmga kamaygani haqida xabar berdi.

Infografika: Markaziy bank
Maʼlum qilinishicha, 2023-yilning 3 oyi davomida 1000 soʻmlik (1 yanvar holati boʻyicha umumiy naqd pullarga nisbatan 0,9 foizni tashkil etgan boʻlsa, 1 aprel holatiga koʻra 0,4 foiz boʻlgan) , 5000 soʻmlik (1 yanvar — 6,5 foiz, 1 aprel — 5,9 foiz), 10 000 soʻmlik pullar (1 yanvar — 9,4 foiz, 1 aprel — 8,1 foiz) ulushi kamaygan.
Yirik pullar ulushi esa ortib bormoqda: 100 000 soʻmlik 41,6 foizdan 42,5 foizga, 200 000 soʻmlik 11,5 foizdan 13,5 foizga, 20 000 soʻmlik 2,4 foizdan 2,8 foizga.
Katta pullardan faqat 50 000 soʻmlik ulushi yil boshidan beri kamaygan — 1,5 foizga.
Muomaladagi naqd pullar tarkibida asosan yirik nominaldagi banknotlar salmogʻining oshishi hisobiga banknotlar umumiy soni kamaygan.
Jahon
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
111505
Jamiyat
94619
Jamiyat
90595
Jamiyat
75005
Jamiyat
//
Izoh yo‘q