Navoiyda 3 qavatli qurilish mollari savdo markazi yonib ketdi

Saqlash
12:04 / 10.04.2023 901 0

Navoiy viloyati Karmana tumanida qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi.

 

FVV xabariga ko‘ra, 10 aprelga o‘tar kechasi Navoiy viloyati Karmana tuman FVB dispetcherlik xizmatiga soat 23:03 da Karmana tumani I. Karimov ko‘chasida joylashgan 3 qavatli qurilish mollari savdo markazida yong‘in to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan. 

 

Unga ko‘ra FVBdan 14 yong‘in qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea joyiga zudlik bilan yetib borilgan. 

 

FVB xodimlari 800 kvadrat metrga ega bo‘lgan savdo do‘konidagi yong‘inni soat 01:59 da bartaraf etgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish