Jamiyat
Joriy yilning birinchi choragida “103” xizmatiga jami 893 ta yolgʻon chaqiriq kelib tushgan. Shundan eng koʻp koʻrsatkich Toshkent viloyatida qayd etilgan – 189 ta.
Keyingi oʻrindan 154 ta chaqiriq bilan Fargʻona viloyati joy olgan. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidan 114 ta, Toshkent shahridan 96 ta hamda Navoiy viloyatidan 84 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.
Eng kam yolgʻon chaqiriq esa oʻtgan uch oyda Samarqand viloyatida roʻyxatga olindi – 2 ta.
“Baʼzan “103”ga qoʻngʻiroq qilib, bemorni boshqa mashinada kasalxonaga olib ketish holatlari uchraydi. Bundan tashqari, chaqiruv manzilini notoʻgʻri berish, ustiga-ustak, “Tez yordam” yetib borganida, eshikni ochmaslik, telefon qoʻngʻiroqlariga javob bermaslik kabi noxush vaziyatlar ham takrorlanib turadi.
Yoki “103”ga murojaat qilib, tibbiyot brigadasi aytilgan manzilga endi yetib kelganida, chaqiriqni rad etish holatlariga ham guvohmiz”, – deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filiali direktori Ilhom Aslanov.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q