Jamiyat
“Maʼnaviyat festivali” ishchi guruhi “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish uchun Andijon viloyatida boʻlib turibdi.
Viloyat hududlaridagi Madaniyat markazlari, mahallar va taʼlim muassasalarida tashkil etilayotgan tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo, Falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Turgʻun Beknazarov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Tojibar Azizova, sanʼatkor, Yunus Rajabiy sulolasi davomchisi Aziz Rajabiy va yana bir qator koʻzga koʻringan nomlar qatnashmoqda.
Joylarda soʻzga chiqayotgan ziyolilar Konstitutsiyadagi oʻzgarishlar yani, moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga koʻpayotgani, Konstitutsiya matni 65 foizga yangilangani, shuning uchun hujjat nomi “Konstitutsiyaga oʻzgartish va qoʻshimchalar”dan “Konstitutsiya yangi tahrirdagi”ga oʻzgartirilganligi haqida gapirib oʻtdi.
Yangilanayotgan Konstitutsiyada har kim ishsizlikda ijtimoiy taʼminot olish huquqiga egaligi mustahkamlanyapti. Pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy yordamlar miqdori eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlishi mumkin emasligi belgilab qoʻyilmoqda.
Shuningdek, poytaxtdan tashrif buyurgan mehmonlar Andijon viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi Izboskan tumani tibbiyot birlashmasida Bolalar boʻlimida davolanayotgan kichkintoylar holidan xabar olib, ularga sovgʻalar ulashishdi.
Tadbirlar davomida mehmonlarning chiqishlari, ular ijrosidagi diltortar kuy-qoʻshiqlar hududlar aholisiga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlamoqda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q