Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev 7-aprel kuni “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat Oʻzbekistonda futbolning ommaviyligini yanada oshirish, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash hamda professional darajada tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish, trener va hakamlarni xalqaro talablar asosida tayyorlash va mahoratini yuksaltirish, futbol infratuzilmasini yaxshilash hamda oʻrnatilgan standartlarga moslashtirish maqsadida qabul qilingan.
Qarorda Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A.Ikramov) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.Kudbiyev), Adliya vazirligi (A.Toshqulov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A.Azizov) bilan birgalikda maxsus ishchi guruhni tashkil qilgan holda 2023-yil yakuniga qadar ilgʻor xorij tajribasi asosida futbolni moliyalashtirish tizimini kengaytirishda bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
110009
Jamiyat
94297
Jamiyat
90156
Jamiyat
73447
Jamiyat
//
Izoh yo‘q