Jamiyat
Toshkentning Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridan kesib oʻtuvchi Bobur koʻchasidagi koʻprikning taʼmirlanishida ichimlik suv tarmogʻini koʻchirib oʻtkazish jarayoni sabab ayrim manzillar suvsiz qoladi.
“Toshkent shahar suv taʼminoti” MCHJ matbuot xizmatining xabar berishicha, quyidagi tumanlarda 10-aprel soat 09:00 dan 12-aprel soat 09:00 gacha ichimlik suvi oʻchiriladi:
Sergeli tumani
“Jun”, “Noʻgʻoyqoʻrgʻon”, “Qubaytepa”, “Yuqori Darxon”, “Qut-baraka”, “Sugʻdiyona”, “Qumariq”, “Oltin vodiy”, “Uchuvchilar”, “Bunyodobod” mahallalarida.
Yangihayot tumani
“Viqor”, “Al-Fargʻoniy”, “Chorbogʻ”, “Yoʻldosh”, “Yangi Choshtepa”, “Choshtepa”, “Chortoq”, “Iqbol”, “Fayzli”, “Toshkent” mahallalarida.
Yakkasaroy tumani
“Boshliq”, “Qushbegi” mahallalarida. Boshliq 4-tor, Bobur, Nukus, Abdulla Qahhor koʻchalarida.
Mirobod tumani
“Temiryoʻlchilar”, “Zaminobod”, “Birodarlik” mahallalarida.
Ichimlik suvi toʻxtatilgan hududlarga maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi.
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109702
Jamiyat
94089
Jamiyat
89871
Jamiyat
73043
Jamiyat
//
Izoh yo‘q