Siyosat
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo hamkorlik samarali kechayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-aprel kuni Rossiya Federal majlisi Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotda faol parlamentlararo almashinuvlarni davom ettirish va oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda ishtirok etishning ahamiyati qayd etildi.
Suhbat avvalida davlat rahbari Valentina Matviyenkoni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat tiladi.
Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi, shu jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi sermahsul hamkorlik jadallashib borayotgani, O‘zbekiston-Rossiya do‘stlik va keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111088
Jamiyat
94521
Jamiyat
90464
Jamiyat
74563
Jamiyat
//
Izoh yo‘q