Akmal Mahmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi

Saqlash
21:39 / 07.04.2023 1893 0

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati kengashi sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, yakunda hokim vazifasini bajarib kelayotgan Akmal Azimjonovich Mahmudaliyev viloyat hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Shavkat Mirziyoyev uning nomzodini lavozimga tavsiya etgan.

 

Nomzod hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha rejalarini taqdimot qilgach, viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yilgan. Natijalarga ko‘ra, Akmal Maxmudaliyev viloyat hokimi etib tasdiqlandi.

 

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil noyabr oyida Prezident farmoni bilan Navoiy viloyati hokimining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Akmal Mahmudaliyev Sirdaryo viloyatining hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

 

Akmal Mahmudaliyev 1974-yilda tug‘ilgan.

 

1995-yilda u Samarqand kooperativ institutining buxgalteriya hisobi fakultetini, 2005-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutining don va don mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi fakultetini tamomlagan.

 

2009−2013-yillarda Davlat don inspeksiyasi Farg‘ona hududiy bo‘limi bosh davlat don inspektori, 2013-yildan 2018-yilgacha Davlat don inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2018-yilda Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani hokimi bo‘lgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//