Jamiyat
“Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Qomusining mazmun-mohiyatini aholining turli qatlamlariga tushuntirish maqsadida o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarning navbatdagi manzili Samarqand viloyati bo‘ldi.
“Ma’naviyat festivali” doirasidagi ushbu targ‘ibot tadbirlari viloyatning Samarqand, Pastdarg‘om, Ishtixon, Paxtachi, Urgut, Oqdaryo, Narpay, Qo‘shrabot, Payariq, Kattaqo‘rg‘on, Toyloq va Nurobod kabi tumanlarida o‘tkazildi. Ularda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Abduhalil Mavrulov, pedagogika fanlari doktori, professor Muhammadjon Quronov, tarix fanlari doktori, professor Dilorom Bobojonova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Sayyora To‘ychiyeva, shoir va olim Dilshod Rajab, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulla Shomag‘rupov, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Gulnora Ahmedova va yana bir qator ko‘zga ko‘ringan madaniyat va san’at xodimlari, olimlar ishtirok etishdi.
Viloyatning Samarqand, Urgut va Nurobod tumani aholisi uchun ochiq havoda tashkil qilingan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida hududlar aholisi va yoshlari bilan birgalikda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda amalga oshirilayotgan siyosiy jarayonlar, xalqimiz muallifligida yaratilayotgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi o‘zgarishlar, kiritilgan yangi modda hamda normalarning ahamiyati to‘g‘risida so‘zlandi.
“Ma’naviyat festivali” doirasida Kattaqo‘rg‘on shahridagi 11-IDUM va Drama teatrida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanish, bepul boshlang‘ich kasb-hunar, o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmati davlat himoyasiga olingani, fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilinishi haqida so‘zlanib, yangi Konstitutsiyaga kiritilayotgan ijtimoiy-huquqiy huquq va burchlar haqidagi savollarga atroflicha javob berildi.
Tadbirlardagi qizg‘in va maroqli suhbatlar sahna ko‘rinishlari, Vatan haqidagi she’r va kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi, bundan tashqari “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari “Mehr-muruvvat va saxovat” hamda “Inson qadri” loyihalari doirasida joylardagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, qariya va nafaqadagi yurtdoshlarimiz istiqomat qiluvchi oilalar holidan xabar oldilar, xonadon farzandlariga sovg‘alar ulashdilar.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q