COVID-19 pandemiyasi qachon bekor qilinadi?

Saqlash
17:05 / 07.04.2023 1730 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti dunyodagi epidemiologik vaziyat boʻyicha navbatdagi hisobotini eʼlon qildi.

 

Unda qayd etilishicha, shu yil 6-martdan 2-aprelgacha 3,2 milliondan ortiq kishiga koronavirus tashxisi qoʻyilib, bemorlardan qariyb 24 ming nafari hayotdan koʻz yumgan.

 

Tahlillarga koʻra, oʻtgan 28 kunda kasallanish koʻrsatkichi avvalgi toʻrt haftaga nisbatan 28 foizga, oʻlim holatlari esa 30 foizga kamaygan.

 

6-martdan 2-aprelgacha eng koʻp bemorlar quyidagi davlatlarda roʻyxatga olindi:

 

AQSH — 626 ming,

Rossiya — 314 ming,

Janubiy Koreya — 271 ming,

Yaponiya — 202 ming,

Fransiya — 193 ming nafar.

 

JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus pasayish tendensiyasi shunday davom etsa, joriy yilda COVID-19 pandemiyasi bekor qilinishini maʼlum qildi.

 

Tashkilotning Favqulodda holatlar boʻyicha qoʻmitasi aʼzolari ishtirokida may oyida boʻlib oʻtadigan navbatdagi yigʻilishda ayni shu masala ham koʻrib chiqilishi kutilyapti.

 

Ekspertlar kasallikni jilovlashning eng toʻgʻri va samarali yoʻli toʻliq bosqichda hamda buster dozada emlanish, deb taʼkidlamoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//