Jamiyat
Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan bloger Farhod Mannopovning oʻlimi bilan bogʻliq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tergov davomida jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan klinika shifokorlari, anesteziolog hamda marhumning tanishlari, shuningdek, jami 15 nafar shaxs guvoh tariqasida soʻroq qilingan. Shu bilan birga, jinoyat ishi boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligiga tayinlangan xizmat tekshiruvi xulosasi olinib, jinoyat ishi hujjatlariga qoʻshilgan.
Bundan tashqari, jinoyat ishi doirasida murakkab ekspertizalarni oʻtkazish jarayoni ketmoqda.
Dastlab olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida 2013-yilda ushbu klinikada yana bir shaxs jarrohlik amaliyoti vaqtida vafot etganligi haqida koʻrsatma olingan. Biroq tergov davomida ushbu vaj oʻz tasdigʻini topmaganligi sababli jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi “a” bandidan 116-moddasi 3-qismiga qayta malakalangan.
Barcha zarur tergov harakatlari oʻtkazilganidan soʻng ish boʻyicha qonuniy toʻxtamga kelinadi.
Eslatib oʻtamiz, vayner 5-mart kuni burnini operatsiya qilinishi chogʻida koma holatiga tushib qolib, qayta oʻziga kelmagandi. Oʻshanda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-kismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgandi.
Mavzuga doir: SSV Farhod Mannopov oʻlimi yuzasidan oʻtkazilgan tekshiruv natijalarini maʼlum qildi
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q