O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi uning 14 oylik import xarajatlarini qoplashga yetarli

Saqlash
16:13 / 07.04.2023 1815 0

Jahon banki tomonidan olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti pul o‘tkazmalari, iste’mol va eksport hajmining o‘sishi hisobiga 5,7 foizga o‘sdi.

 

2022-yilda oltindan tashqari hisoblangan eksport hajmi 21 foizga (AQSh dollarida) oshgan. Bu, o‘z o‘rnida, Rossiyaga eksportning keskin o‘sishi (52 foiz) bilan ko‘p jihatdan bog‘liq.

 

Davlat budjeti daromadlarining oshishi hisobiga budjet taqchilligi 2021-yildagi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 6,1 foizdan 2022-yilda 4,2 foizga qisqardi. O‘tgan yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 35,8 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu resurslar 14 oy davomida import xarajatlarini qoplash uchun yetarli.

 

Oziq-ovqat, yoqilg‘i va transport xarajatlarining oshishi dekabr oyida inflyasiyani 12,3 foizga ko‘tardi. 2022-yilda milliy valyuta AQSh dollariga nisbatan nominal 3,8 foizga qadrsizlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//