Jamiyat
Toshkent shahrining Sergeli tumanida ayol uch nafar farzandini oʻldirib, soʻng oʻz joniga qasd qilgani holati yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratura.
Bosh prokuratura tergovning obyektiv va xolisona olib borilishiga xalaqit bermaslikka chaqirdi.
“Hozirgi kunda sodir boʻlgan voqea bilan bogʻliq holatlar yuzasidan turli ijtimoiy tarmoqlarda surishtiruvlar oʻtkazilib, vafot etgan shaxs hamda uning yaqin qarindoshlarining shaxsiy hayoti, shaʼniga doir maʼlumotlar har xil talqin qilingan holda ommaviy axborot vositalarida tarqatilmoqda. Ushbu maʼlumotlar tergovning obyektiv va xolisona olib borilishiga xalaqit qilmoqda.
Jinoyat-protsessual kodeksi talablaridan kelib chiqib, tergov harakatlari olib borilayotgan vaqtda shaxsga doir maʼlumotlarni tarqatish va tergovga aralashish qonun bilan taqiqlanishini eslatib oʻtamiz.
Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, tergov tugaguniga qadar ijtimoiy tarmoqlarda ushbu fojiaga oid maʼlumotlarni tarqatmaslik va fuqarolar shaxsiy hayotini muhokama qilmaslikka chaqiramiz”, — deyiladi prokuratura murojaatida.
Shu bilan birga tergov natijasi haqida qoʻshimcha axborot maʼlum qilinishi aytildi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q