Toshkentda YPX xodimi 2 yoshli qizning hayotini saqlab qoldi

Saqlash
14:22 / 07.04.2023 729 0

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yo‘l-patrul xizmati xodimi sabab ikki yoshli qizning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi

 

Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida bir ayol nabirasining hayotini saqlab qolgan xodimni qidirayotganini aytib, murojaat qoldirgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, nabirasi, 2 yosh-u 8 oylik qizcha kuyish oqibatida hushidan ketgan va uni zudlik bilan shifoxonaga yetkazish lozim bo‘lgan. 

 

O‘sha kuni tirbandlik vaqtida ayol nabirasini o‘z mashinasida olib chiqqan, ammo ko‘chadagi tirbandlik sabab ular harakatlanishga qiynalgan. Shuningdek, boshqa haydovchilar ham ularga yo‘l berishni istamagan. 

 

Shundan so‘ng ayol YPX inspektorini ko‘rib qolgan. Ayol va nabirasining shifoxonaga o‘z vaqtida yetib borishiga va qizchaning hayoti saqlab qolinishiga inspektor ko‘maklashgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//