Jamiyat
“Oʻzgidromet” 7-aprel, juma kuni Oʻzbekiston hududida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlib, doʻl yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esib, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 20-22 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlib, doʻl yogʻishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, Toshkent viloyatining ayrim joylarida kuchli boʻladi. Momaqaldiroq boʻlishi, doʻl yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi, doʻl yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanadi), baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekund gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q