
Sport
FIFA sayti mart oyida oʻtkazilgan rasmiy va oʻrtoqlik oʻyinlaridan keyin milliy jamoalarning yangi reytingini eʼlon qildi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi unda 3 pogʻonaga yuqorilab, 74-oʻringa koʻtarildi. Srechko Katanes boshchiligidagi jamoa bunga qadar 77-oʻrinda borayotgandi.
Terma jamoa ortda qolgan oydagi Boliviya (1:0) va Venesuelaga (1:1) qarshi oʻrtoqlik oʻyinlaridan keyin reytingda koʻtarilishga erishdi.
Umumiy reytingni Argentina milliy jamoasi boshqarmoqda. Fransiya 2-oʻringa koʻtarilgan boʻlsa, bundan oldingi peshqadam Braziliya 3-oʻringa tushdi. Keyingi oʻrinlarni Belgiya (4), Angliya (5), Niderlandiya (6), Xorvatiya (7), Italiya (8), Portugaliya (9) va Ispaniya (10) band etgan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q