Jamiyat
Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida yuk mashinasi yonib ketdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, 11:10 da Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoniga o‘tuvchi 259-kilometrida yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.
To‘qnashuv natijasida lak-bo‘yoq mahsulotlarini olib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv guruhlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, 25 daqiqa ichida yong‘inni o‘chirgan.
Foto: FVV matbuot xizmati
O‘chirish vaqtida dovonning bir tomoni vaqtincha yopilgan. “Soat 12:30 da transport harakati tiklangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH oqibatida 6 kishi jabrlangan”, – deyiladi xabarda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q