Jamiyat
Navoiy viloyatidagi maktablarning birida direktor o‘qituvchilarning har biridan Open budget loyihasi uchun 100 tadan ovoz yig‘ishni talab qilgani aytilgan audioxabar tarqaldi.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu ovozli xabar Navbahor tumanida joylashgan 9-maktab direktori D.Turobovaga tegishli.
“Holat boshqarma boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi U.Tillayev tomonidan tegishli mas’ullar bilan birgalikda zudlik bilan atroflicha o‘rganib chiqildi. Direktorga nisbatan ish beruvchining tegishli buyrug‘iga asosan belgilangan tartibda intizomiy jazo chorasi qo‘llandi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, hozirda holat vakolatli organlar tomonidan direktorning xatti-harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari bor-yo‘qligi o‘rganilmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q