Ertaga Oʻzbekistonda kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

Saqlash
21:33 / 05.04.2023 1393 0

Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 6-aprel, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

 

Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi, doʻl yogʻishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja iliq, kunduzi 17-19 daraja iliq boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi, ayrim joylarda doʻl yogʻishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.

 

Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.

 

Buxoro, Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.

 

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq boʻladi.

 

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Ayrim togʻli hududlarda yomgʻir qorga aylanadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//