Siyosat
Markaziy saylov komissiyasining 5-aprel kuni bo‘lib o‘tgan majlisida O‘zbekiston Respublikasining referendumida ovoz berish byulletenining shakli va tavsifi tasdiqlandi.
MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Kuchkarovning ma’lum qilishicha, referendumda ovoz berish byulleteniga “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasiga asosan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil 10-martdagi hamda Oliy Majlis Senatining 14-martdagi qarorlarida ko‘rsatilgan masalaning matni (“Konstitutsiyani qabul qilasizmi?”) kiritildi va ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari “ha” yoki “yo‘q” deb ko‘rsatildi. Shuningdek, ovoz berish byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risida ham tushuntirish beriladi.
Ovoz berish chog‘ida bittadan ortiq javob belgilansa yoki xech qaysi variant belgilanmasa byulleten haqiqiy emas deb topiladi.
Ovoz berish byulletenlarini ko‘zi ojiz ovoz beruvchilar tomonidan to‘ldirish uchun Brayl alifbosi asosida trafaretlar ham tayyorlanadi.
“Ovoz berish byulletenlari referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga muvofiq referendum okrugi bo‘yicha ovoz beruvchilar sonini, shu jumladan, referendum okrugi hududida istiqomat qilayotgan ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tillarda ovoz berish byulletenlarini tayyorlash bo‘yicha ehtiyojni inobatga olgan holda chop etiladi”, — dedi Bahrom Kuchkarov.
Komissiya tomonidan ovoz berish byulletenlarini referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalariga belgilangan muddatlarda yetkazib berish choralari belgilandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
2 Izohlar
Фазлиддин
12:01 / 01.01.1970
Референдумга ҳам оз қолди. Ҳақиқий бюллитенни референдум куни кўрамиз худо хоҳласа.
Abduqodir
12:01 / 01.01.1970
53 моддага асосан иктисодий фаолиятда инсофсиз ракобатга манаполлаштиришга йул куйилмайди деган конун макулланиб кучга кирса растаможкалар очилип 0га тенглаштириладими бемалол чет эл машиналари узбекистонга олиб киришда муаамолар колмайдими шунда