Toshkentda IIV xodimini oʻldirib, yoqib yuborgan shaxslarga nisbatan sud hukmi oʻqildi

Saqlash
17:10 / 05.04.2023 1030 0

2022-yilning 29-sentyabr kuni Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi boshqarmasining tezkor xodimi oʻzaro kelishmovchilik oqibatida bir guruh shaxslar tomonidan oʻldirilgan. Qotillikdan keyin jasad yoqib yuborilib, soʻng Chirchiq daryosiga tashlangan.

 

Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudi uch nafar shaxsga nisbatan hukm chiqardi. Unga koʻra:

 

JKning 28, 97-moddasi (qasddan odam oʻldirishda ishtirokchilik) 2-qismi “p” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan 1987-yilda tugʻilgan sudlanuvchi 23 yil;

 

JKning 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 2-qismi “i,p” bandlari, 164-moddasi (bosqinchilik) 4-qismi “a” bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan 1986-yilda tugʻilgan sudlanuvchi 24 yil;

 

JKning 97-moddasi 2-qismi “i,p” bandlari va 164-moddasi 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan 1984-yilda tugʻilgan sudlanuvchi 24 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi va oʻta xavfli retsidivist deb topildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//