Namanganda Maʼnaviyat festivali: “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!”

Saqlash
16:23 / 05.04.2023 1156 0

Namangan viloyatida “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida oʻtkazilayotgan Maʼnaviyat festivali davom etmoqda.

 

Viloyatning Norin, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Kosonsoy, Chortoq, Mingbuloq, Uchqoʻrgʻon tumanlaridagi mahallalar hamda Madaniyat markazlarida tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo, Falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Turgʻun Beknazarov, sanʼatkor, Yunus Rajabiy sulolasi davomchisi Aziz Rajabiy, Oʻzbekiston Davlat filarmoniya xonandasi Kursiya Esonova, falsafa doktori Shaxloxon Ahrorova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Bahodir Nishonov va yana bir qator koʻzga koʻringan nomlar qatnashmoqda.

 

 

Festival aʼzolari joylarda yangilanayotgan Konstitutsiyaning ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtar ekan, yangi Qomusimiz, yorqin kelajagimiz uchun barchani ovoz berishga chaqirmoqda.

 

 

 

Soʻzga chiqqanlar yangilanayotgan Konstitutsiya jamiyatimizning milliy taraqqiyot ehtiyojlaridan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat boʻlib, Yangi Oʻzbekistonni bunyod etishning huquqiy asoslarini mustahkamlashdagi istiqbolli qadam ekanligini taʼkidladilar.

 

 

 

Poytaxtdan kelgan mehmonlar madaniyat markazlarida aholi bilan uchrashishdan tashqari, maktablarga ham tashrif buyurmoqda. Shuningdek, targʻibot guruhi aʼzolari Namanganda ilk bor tashkil etilgan Gul bozori faoliyati bilan tanishib, u yerda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ham suhbat olib borishdi.

 

 

 

 

 

Tadbirlar davomida mehmonlarning chiqishlari, ular ijrosidagi diltortar kuy-qoʻshiqlar hududlar aholisiga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlamoqda.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//