Jamiyat
Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyatida o‘g‘il va qiz farzandini sotmoqchi bo‘lgan ikki nafar ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda “Uzreport” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tug‘ilgan 36 yoshli ayol shu yilning 3-fevral kuni tug‘ilgan o‘g‘il farzandini 40 ming dollarga sotayotgan vaqtida DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Shuningdek, Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yashovchi ayol joriy yilning 3-fevral kuni tug‘ilgan qiz farzandini Toshkent shahrida 20 ming dollarga sotishga kelishib, ushbu summadan 11500 dollarni olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q