Jamiyat
Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida fil tishi va bug‘u shoхlarini olib kirmoqchi bo‘lganlar to‘xtatib qolindi, deya xabar qilmoqda viloyat bojxona boshqarmasi.
Qayd etilishicha, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali harakatlanib, xorij davlatidan yurtimizga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi Cobalt mashinasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Natijada avtoulov o‘rindig‘ining ost qismiga yashirincha joylangan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 32 000 000 so‘mlik, 180 dona bug‘u shoxlari va 1 dona fil tishi borligi aniqlandi.
Ma’lumot uchun, Fil barcha turlari va uning tana a’zolari Halqaro tabiatni muhofoza qilish ittifoqining Qizil ruyhatiga kiritilgan.
Boshqarmaning qayd etishicha, holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109632
Jamiyat
94025
Jamiyat
89785
Jamiyat
72945
Jamiyat
//
Izoh yo‘q