Jamiyat
PMTI ekspertlari Oʻzbekistonda 36 turdagi tovarlarga bojxona bojining nol stavkasi belgilangani narxlar darajasiga qay tarzda taʼsir etganini oʻrgandi.
Prezidentning 2023-yil 23-martdagi farmoni bilan 2024-yil 1-yanvarga qadar mamlakat hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan tovarlar roʻyxati eʼlon qilingan.
Mazkur hujjatda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarning amaliyotdagi aksini tadqiq etish maqsadida narxlar oʻzgarish holati tahlil qilindi.
Tahlil uchun boj toʻlovchi va asosan rasmiy ish yurituvchi hisoblangani sababli milliy supermarketlar narxlari asos qilib olingan. Jumladan, 96 turdagi 3120 ta isteʼmol tovari boʻyicha statistika data-scraping yoʻli bilan yuklab olindi. Har bir tovar turi boʻyicha narxlar fevral va mart oyining oxiri uchun solishtirildi.
Natijalarga koʻra, bojxona tariflarining tushirilishi baʼzi narxlarning tegishli ravishda tushishiga olib kelgan.
Jumladan, shokolad mahsulotlari oʻrtacha 463 soʻmga, sabzavot va meva konservalari — 802 soʻmga, goʻsht konservalari — 1164 soʻmga, mol goʻshti — 375 soʻmga, vafli shirinliklari — 415 soʻmga, brinza — 275 soʻmga arzonlagan.
Shu bilan birga, bojxona bojlari tushirilgan boshqa turdagi mahsulot narxlarida hozircha oʻzgarish boʻlmagani aniqlandi.
Jumladan, soqol olish vositalari, yormalar, yogurt, qaymoq, tvorog kabi sut mahsulotlari narxi oʻzgarmagan. Soch yuvish vositalari, choy va kofe, sabzavot, murabbo va souslar narxi esa bir oz oshgan.
Bunday holat import inflyatsiyasining bojdan tashqari omillari taʼsiri kuchli ekanligi yoki bu mahsulotlar orasida koʻplariga talab ichki ishlab chiqarish hisobiga qondirilayotgani bilan izohlanishi mumkin.
“Tegishli ravishda, narxlar stabilligini taʼminlashga qaratilgan keyingi chora-tadbirlar raqobat muhitini rivojlantirishga yoʻnaltirilishi muhim ahamiyat kasb etadi”, deyiladi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q